Saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis oʻtkazilayotgan kundagi komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli boʻladi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi boʻlmagan komissiya aʼzolari alohida fikrini bayon etishga haqli boʻlib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq saylov jarayoni ishtirokchilari tomonidan saylov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish, saylov komissiyalarining qarorlarini qabul qilish, shuningdek saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa jarayonlar elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin. Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarida ish yuritish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir. Komissiyaning jamoatchilik asosida ishlovchi aʼzosi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan saylov komissiyasining qaroriga binoan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin. Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzolari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli guvohnomaga ega boʻladi. Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi, ularning ishi uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishi shart. Davlat organlari, korxonalar, muass