Saylov kodeksi 36-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, bundan ushbu Kodeksning 66 va 74¹-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.