Saylov kodeksi 65-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan ikki oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida qasamyod qilgan paytdan eʼtiboran oʻz lavozimiga kirishadi. Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishguniga qadar bajaradi.