Saylov kodeksi 72-modda. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni va partiya roʻyxatini roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Siyosiy partiyaning rahbari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: siyosiy partiya yuqori organining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori; siyosiy partiya yuqori organi majlisining bir mandatli saylov okrugi boʻyicha deputatlikka nomzodlar koʻrsatish, shuningdek partiya roʻyxati asosida koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar toʻgʻrisidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek bir mandatli saylov okrugi boʻyicha saylov okrugining nomi va tartib raqami koʻrsatiladi; deputatlikka nomzodi koʻrsatilgan shaxsning oʻz nomzodi tegishli bir mandatli saylov okrugidan ovozga qoʻyilishiga yoki partiya roʻyxatiga kiritilishiga rozi ekanligi, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek boʻlsa, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻgʻrisidagi arizasi. Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida yakunlaydi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga maʼlum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim