Saylov kodeksi 81-modda. Senat aʼzolarining saylovi boʻyicha ovoz berish tartibi

Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin Sanoq komissiyasi raisi uni oʻtkazish tartibini eʼlon qiladi, komissiya aʼzolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va bir marotaba ishlatiladigan plombalar bilan plombalaydi. Saylov qutisi ovoz beruvchi uning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasi orqali oʻtib boradigan qilib oʻrnatiladi. Qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan deputat Sanoq komissiyasi aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda ovoz beruvchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi, shundan keyin unga saylov byulleteni topshiriladi. Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan Senat aʼzoligiga nomzodlarning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “ ” yoxud “x” belgisini qoʻyish orqali toʻldiriladi. Ovoz beruvchi toʻldirilgan saylov byulletenini koʻrinarli joyda turishi kerak boʻlgan saylov qutisiga tashlaydi. Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirilishi mumkin. Yashirin ovoz berish jarayoni tugaganidan keyin foydalanilmagan, shuningdek buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi lozim (chap tomondagi yuqori burchakni qirqib qoʻyish orqali) va alohida saqlanadi.