Saylov kodeksi 88-modda. Mahalliy Kengashlarga saylov

Mahalliy Kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida besh yil muddatga oʻtkaziladi. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi deputatlik oʻrinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi: aholi soni ikki million nafargacha boʻlgan hududlarda — oʻttiztadan qirqtagacha; aholi soni ikki milliondan uch million nafargacha boʻlgan hududlarda — qirqtadan elliktagacha; aholi soni uch million nafardan ortiq boʻlgan hududlarda — elliktadan oltmishtagacha. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik oʻrinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi: aholi soni oʻttiz ming nafargacha boʻlgan hududlarda — oʻntadan oʻn beshtagacha; aholi soni oʻttiz mingdan yuz ming nafargacha boʻlgan hududlarda — oʻn beshtadan yigirmatagacha; aholi soni yuz mingdan uch yuz ming nafargacha boʻlgan hududlarda — yigirmatadan yigirma beshtagacha; aholi soni uch yuz ming nafardan ortiq boʻlgan hududlarda — yigirma beshtadan oʻttiztagacha. Hududiy va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik oʻrinlari soniga ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan norma doirasida Senat tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Saylov okrugining hududi boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda, ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi. Bunda deputat saylov okrugining hududi joylashgan xalq deputatlari Kengashi yoxud yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda shakllantirilgan xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kiradi, deputatning vakolatlari muddati esa mazkur xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga muvofiq boʻladi. Bunday hollarda deputatlik oʻrinlari soni ushbu modda ikkin