Saylov kodeksi 93-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish

Deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi. Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Tegishli mahalliy Kengashning vakolat muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning oʻrni boʻshab qolgan taqdirda, boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.