Saylov kodeksi 97-modda. Saylov natijalarini eʼlon qilish (hammaga maʼlum qilish)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga koʻra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin oʻn kundan kechiktirmay qabul qilinadi, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda eʼlon qilinadi (hammaga maʼlum qilinadi). Mahalliy Kengashga oʻtkazilgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan saylovdan keyin oʻn kundan kechiktirmay qabul qilinadi va matbuotda eʼlon qilinadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida hammaga maʼlum qilinadi.