Shaharsozlik kodeksi 11-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻidagi majburiyatlari

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslar: aholining qulay hayot faoliyati muhitini asrashi; shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlarini va hududlarni qurish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi; atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, yongʻinga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishi; atrof-muhitga, madaniy meros obyektlariga, shahar, qishloq landshaftlariga, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlariga, hududlarni obodonlashtirish obyektlariga zararli taʼsir etadigan, uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga daxl etadigan hamda chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining, egalarining yoki ulardan foydalanuvchilarning huquqlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan xatti-harakatlar sodir etmasligi; yer uchastkalaridan va boshqa koʻchmas mulk obyektlaridan shaharsozlik reglamentlariga rioya etgan holda foydalanishi; shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlarining koʻrsatmalarini bajarishi; davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringini amalga oshiruvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga hamda obyektlarni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotlarga oʻzlariga tegishli obyektlardagi oʻzgarishlar haqida ishonchli maʼlumotlar taqdim etishi; shaharsozlik hujjatlari materiallarini, shu jumladan kompleks muhandislik qidiruvlari materiallarini (bundan mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va xoʻjalik-maishiy imoratlari, uch yuz kub metrdan oshmaydigan alohida turgan obyektlarga doir shaharsozlik hujjatlari mustasno) shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy boʻlinmalariga taqdim etishi shart. Shaharsozlik f