Shaharsozlik kodeksi 20-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Maxsus vakolatli davlat organi: shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi; shaharlarning, shaharchalarning bosh rejalarini, bundan tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiritilgan shaharlarning bosh rejalari mustasno, hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning maʼmuriy markazlarini, shuningdek madaniy meros obyektlariga ega boʻlgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralarni belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan idoraviy qurilish normalarini kelishib oladi; shaharsozlik, arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashgan davlat taʼlim muassasalarida hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining darajasi va sifatini oshirishga, qurilish sohasida, shu jumladan xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilarni hamda mutaxassislarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi; shaharsozlik toʻgʻris