Shaharsozlik kodeksi 3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: aholi punkti — huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birligi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul); aholi punktining bosh rejasi — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati; aholi punktlariaro hududlar — ikki va undan ortiq aholi punkti oraligʻidagi aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi hududlar; aholi punktining chegara chizigʻi — aholi punkti yerlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilangan tashqi chegarasi; aholini joylashtirish tizimi — mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yoʻli bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlari; bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi; buyurtmachi — obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va buzishning amalga oshirilishini taʼminlovchi, shuningdek shu maqsadlarda loyiha-qidiruv, ekspertlik, qurilish-montaj va nazorat ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs; zonalashtirish — hududni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish chogʻida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilagan holda, hududning funksional maqsadga koʻra boʻlinishi; inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunika