Shaharsozlik kodeksi 31-modda. Qurilish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish

Qurilish ishlarini tashkil etish pirovard natijaga erishish uchun zarur boʻlgan barcha tashkiliy-texnik va texnologik yechimlar qoʻllanilgan holda shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Qurilish ishlari: buyurtmachi tomonidan hududiy inspeksiya obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilingandan keyin; pudratchilar tomonidan malakali muhandis-texnik xodimlarni, mutaxassislar va ishchilarni jalb etgan holda, bundan ushbu Kodeks 17-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; ekspert tashkilotlarining ijobiy xulosasi asosida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq; qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari majburiy ravishda mavjud boʻlganda amalga oshirilishi kerak.