Shaharsozlik kodeksi 38-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi

Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan muhokama qilinishi aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasidir. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi quyidagi tartibda oʻtkaziladi: 1) muhokama boshlanishidan oʻn kun avval jamoatchilik nazorati subyektlarini jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish muddatlari va tartibi bilan aholi punktining bosh rejasi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etgan holda tanishtirish. Jamoatchilik nazorati subyektlarini tanishtirish: ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida tegishli eʼlonlar berish; korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning binolarida, jamoat joylarida, taxmin qilinayotgan qurilish maydonchasi hududida bannerlar (plakatlar) va tashqi reklama vositalarini oʻrnatish; ekspozitsiyalar tashkil etish; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllardan foydalanish orqali amalga oshiriladi; 2) jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish, aholi punktining bosh rejasiga oid fikrlarni toʻplash va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllar. Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish davomiyligi kamida oʻn besh kundan iborat boʻlishi kerak; 3) bildirilgan mulohazalarni qayd etish (soʻrovnomalar, audiovideoyozuv, kelishib olish varaqasi, ishtirokchilarning yozma takliflari, jamoatchilik muhokamasi yigʻilishining bayonnomasi); 4) jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha xulosaning muhokama yakunlanganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi. Aholi punktlarining bosh rejalari jamoatchilik muhokamasi natijalari hisobga olingan holda tasdiqlanadi. Aholi punkti bosh rejasining oʻtkazilgan jamoatchilik muhokamasi materiallari bosh reja amal qila