Shaharsozlik kodeksi 45-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlab chiquvchilar tomonidan shartnoma, buyurtmachi tomonidan beriladigan loyihalashtirish topshirigʻi, boshlangʻich-ruxsat beruvchi hujjatlar va muhandislik-texnik qidiruvlar natijalari asosida amalga oshiriladi. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir topshiriqlar quyidagilar bilan kelishib olinishi lozim: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli vazirliklar, idoralar bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha; tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha; maxsus vakolatli davlat organi bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 3-bandlarida , 4-bandida (ularning ishlab chiqilishi budjet tizimining budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilganda), 5-bandida (budjet tizimining budjetlar mablagʻlari hamda hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan noyob va alohida muhim davlat ahamiyatiga molik obyektlar boʻyicha) nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha; maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 4-5-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha (ularning ishlab chiqilishi budjet tizimining budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilganda). Shaharsozlik hujjatlari quyidagilar bilan kelishib olinishi lozim: ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari tegishli vazirliklar, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan; ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazar