Shaharsozlik kodeksi 47-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarishdagi taqiqlar va cheklovlar

Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi: moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, obyektlarni shaharsozlik hujjatlarini bir vaqtning oʻzida (parallel ravishda) ishlab chiqqan holda qurish va rekonstruksiya qilish; qurilishning borishiga va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayoniga tegishli vakolatlarga ega boʻlmagan shaxslarning aralashishi; sel va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish; shaharlar va shaharchalarda qurilishi tugallangan mavzelar, koʻp qavatli turar joy kichik dahalarining (dahalarning) hududida aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida nazarda tutilmagan ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, servis xizmati koʻrsatish hamda bozor infratuzilmasining alohida turgan obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish va qurish; koʻp qavatli uylarni qurish uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarida bunday turdagi qurilishlarni amalga oshirish; shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini oʻtkazmay qurilayotgan va mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan ikki qavatdan yuqori boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish (ustki qavat qurish); umumiy foydalaniladigan koʻkalamzorlar hududlari va obyektlarida qurilish obyektlarini (shahar oʻrmonlari, oʻrmon-bogʻlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, bogʻlar, sayilgohlar) joylashtirish, bundan obodonlashtirish, muhandislik infratuzilmasi va metropoliten obyektlari mustasno. Obyektlarni bir vaqtning oʻzida (parallel ravishda) loyihalashtirgan holda qurish mudofaa qobiliyati va davlat xavfsizligini, aholining hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq istisno hollarda, moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlganda Oʻzbe