Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi: hududning zonalashtirilishi; aholini joylashtirishning hududiy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlari; viloyatlararo ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari; tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari; hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan taʼminlash chora-tadbirlari; hududni rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.