Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlar belgilanadi: tuman (tumanlar guruhlari) hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; hududning zonalashtirilishi va rejali tuzilishi; tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish chora-tadbirlari; aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yoʻnalishlari; aholi punktlarini rivojlantirish uchun zaxira hududlar; yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joylashtirish uchun hududlar, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari; aholining dam olish joylarini tashkil etish uchun hududlar; aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari; tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.