Shaharsozlik kodeksi 57-modda. Batafsil rejalashtirish loyihalari

Batafsil rejalashtirish loyihalari aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududlarining qismlari uchun ishlab chiqiladi va bu loyihalar: qizil chiziqlarni; yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini; yerga egalik qilish, yerdan foydalanish va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralarini; hududlarning zonalashtirilishini va ularni qurish navbatini; muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini; koʻchalar, tor koʻchalar, piyodalarga ajratilgan zonalarning, shuningdek transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalarining hamda hududni obodonlashtirishning koʻrsatkichlarini; ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning tarkibi hamda joylashuvini; qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejalashtirish yechimini, qurish zichligi va koʻrsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligini, turlarini belgilaydi. Batafsil rejalashtirish loyihasi hududlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi.