Shaharsozlik kodeksi 72-modda. Shahar atrofi zonalari

Shahar atrofi zonasi shahar chegarasidan tashqaridagi, shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy, xoʻjalik hududini tashkil etuvchi, ushbu shahar hududini, shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari hududlarini, aholi punktlariaro hududlarni (shaharni rivojlantirish uchun zaxira hududni) rivojlantirish uchun hamda sanoat, kommunal, omborxona obyektlarini, muhandislik, transportga oid infratuzilmalar obyektlarini, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalarini, aholi dam olish joylarini joylashtirish uchun, shuningdek qishloq xoʻjaligini yuritish hamda muhofaza va sanitariya-gigiyena vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan yerlarni oʻz ichiga oladi. Shahar atrofi zonalari chegaralarini belgilash ushbu Kodeksga hamda yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi.