Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini u mumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan: tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiriga duchor boʻlgan hududlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining manfaatdor vazirliklar va idoralar maʼlumotlari asosidagi taqdimnomalariga koʻra; yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining taqdimnomalariga koʻra; Toshkent shahri hududida — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining taqdimnomalariga koʻra; moddiy madaniy meros obyektlari mavjud boʻlgan shaharlar hududlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining taqdimnomalariga koʻra; kurort shaharlar hududlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining taqdimnomalariga koʻra; qoʻriqxona shaharlar hududlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining taqdimnomalariga koʻra; hayot faoliyatining alohida rejimiga ega boʻlgan aholi punktlari (harbiy obyektlar, boshqa rejimli hududlar, davlat qoʻriqxonalaridagi va boshqa