Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 10-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish va saqlash

Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish uchun zarur hamda yetarli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish yoʻli bilan shakllantiriladi. Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish tartibi va prinsiplari mulkdor va (yoki) operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish chogʻida ilgari bildirilgan maqsadlar talab etadigan darajada subyektni identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaklda amalga oshiriladi. Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash muddati ularni yigʻish va ularga ishlov berish maqsadiga erishish sanasi bilan belgilanadi.