Irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid maʼlumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid eʼtiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga aʼzolik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli maʼlumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsga doir maxsus maʼlumotlardir. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish taqiqlanadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi: vakolatli davlat organi tomonidan davlat xavfsizligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taʼminlash maqsadida; agar subyekt oʻz shaxsga doir maxsus maʼlumotlariga ishlov berish uchun yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik bergan boʻlsa; agar shaxsga doir maxsus maʼlumotlar subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalarda eʼlon qilingan boʻlsa; subyektning yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida; qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi, ijro ishini yuritish doirasida sudlar va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati amalga oshirilayotganda; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotganda; davlat statistika organlari faoliyati amalga oshirilayotganda, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan statistika maqsadlari uchun shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanilganda, ularni egasizlantirish sharti bilan; tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilayotganda yoki tibbiy tashxis, davolash belgilanayotganda, bunday maʼlumotlarga shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan tibbiyot xodimi yoki sogʻliqni saqlash muassasasining boshqa shaxsi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan; mehnatga doir munosabatlar sohasidagi huquqlar amalga oshirilayot