Subyektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud boʻlmagani holda shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida mulkdor va (yoki) operator yoki shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxs tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan talab shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligidir. Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart.