Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi

Ushbu Qonunning amal qilishi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chogʻida qoʻllaniladigan ishlov berish vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan qatʼi nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi: jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga shaxsiy va maishiy maqsadlarda ishlov berish; Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish; davlat sirlarini tashkil etadigan maʼlumotlar hamda mudofaa va milliy xavfsizlik masalalariga taalluqli maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish; tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.