Soliq kodeksi 109-modda. Bank kafolati

Soliq majburiyatini bajarish muddatlari oʻzgargan taqdirda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqni toʻlash majburiyati bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin. Agar soliq toʻlovchi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini va tegishli penyalarni belgilangan muddatda toʻlamasa, bank kafolati tufayli bank (kafolat beruvchi) soliq organlari oldida soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatini toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Bank kafolati quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1) kafolat qaytarib olinmaydigan va boshqa shaxsga oʻtkazilmaydigan boʻlishi kerak; 2) kafolatda soliq organi tomonidan kafolat beruvchiga ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishga doir koʻrsatma boʻlishi mumkin emas; 3) amal qilish muddati, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan taʼminlangan soliq toʻlash majburiyatini bajarishning belgilangan muddati oʻtadigan kundan eʼtiboran kamida olti oydan keyin tugashi kerak; 4) qaysi summaga berilgan boʻlsa, oʻsha summa kafolat beruvchi tomonidan soliq toʻlovchining soliqni va tegishli penyalarni toʻlash boʻyicha majburiyati, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlashi kerak; 5) kafolat beruvchi tomonidan ushbu bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, soliq organi tomonidan toʻlash majburiyati bank kafolati bilan taʼminlangan summalarni kafolat beruvchidan undirish choralari qoʻllanilishini nazarda tutishi kerak. Kafolat beruvchidan undirish, agar soliq organining mazkur talabnomasi kafolat beruvchiga bank kafolatining amal qilish muddati tugagunga qadar yuborilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 121 va 123-moddalarida nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchi tomonidan soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishi bank kafolati bilan taʼminlan