Soliq kodeksi 111-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish

Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni oʻn kundan koʻp muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bunda soliq toʻlovchining (soliq agentining) bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar toʻxtatib turiladi. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror elektron shaklda soliq organi tomonidan bankka yuboriladi. Bir vaqtning oʻzida soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida xabarnoma buning sabablarini koʻrsatgan holda yuboriladi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: 1) ushbu soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʻn kun ichida taqdim etilmaganda; 2) soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda; 3) soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini koʻrsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilishda. Soliq organi m