Soliq kodeksi 120-modda. Soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar

Soliq qarzi belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda bu qarzni undirish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Soliq qarzi mazkur soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchidan, ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda esa — boshqa shaxslardan undiriladi. Agar soliq toʻlovchining soliqlar boʻyicha qarzini uzishga doir majburiyati bank kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi yoxud mol-mulk garovi bilan taʼminlangan boʻlsa, soliq toʻlovchi soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzmagan yoki toʻliq uzmagan taqdirda, soliq organi soliq qarzining toʻlanmagan summasini tegishlicha bank kafolatini bergan bankdan, kafildan yoxud garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan undirishi shart. Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish ushbu Kodeksning 121 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish ushbu Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish dastlab uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan, ular yetishmagan taqdirda esa mazkur shaxsning boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining yoki boshqa shaxsning soliq qarzi uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirish imkoni boʻlmagan qismida boshqa shaxslardan undirilishi mumkin. Agar soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan oladigan tushumi yoki boshqa daromadlari boshqa shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga kelib tushgan boʻlsa, soliq toʻlovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin. Agar soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi toʻgʻrisida bilgan paytdan eʼtiboran oʻzining pul mablagʻlarini yoki boshqa mulkini oʻzga shaxslarga bergan boʻlsa, soliq toʻlovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin. Ushbu modda sakkizinchi va toʻqqizinchi qis