Soliq qarzi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq organiga soliq qarzini oʻz debitori hisobidan undirishni soʻrab murojaat qilishga haqli. Murojaatga oʻzaro tasdiqlangan yoki bir tomonlama imzolangan hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi ilova qilinishi lozim. Soliq toʻlovchi soliq qarzini oʻz debitori hisobidan undirishni soʻrab murojaat qilgan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomaning va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxasini uch ish kunidan kechiktirmay debitorning shaxsiy kabinetiga solishtirma dalolatnomani imzolash uchun yoki imzolashni rad etish uchun bildirish xati bilan birga yuboradi. Soliq toʻlovchining debitori bildirish xati olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi (tasdiqlashi) yoki solishtirma dalolatnomada koʻrsatilgan qarz mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini berishi shart. Soliq toʻlovchining debitori tomonidan soliq organining bildirish xatiga rad javobi taqdim etilmagan yoki u javobsiz qoldirilgan taqdirda, debitorlik qarzi tan olingan va soliq toʻlovchining soliq qarzini debitor hisobidan undirishga rozilik berilgan deb hisoblanadi. Agar soliq toʻlovchining debitori tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada koʻrsatilgan summadan farq qilsa, debitor bildirish xati olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida soliq organiga oʻzi tan olgan summani koʻrsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart. Soliq toʻlovchining debitori tomonidan imzolangan yoki elektron hujjat shaklida tasdiqlangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi kreditorning imzosi mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, uning kreditori soliq qarzini undirishni unga qaratishi uchun asos boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan majburiyat soliq toʻlovchining debitori tomonidan bajarilmagan