Soliq kodeksi 151-modda. Mutaxassisni jalb etish

Zarur boʻlgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish uchun soliq organi tomonidan maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan hamda ishning natijasidan manfaatdor boʻlmagan mutaxassis jalb etilishi mumkin. Shaxsning mutaxassis sifatida jalb qilinishi soliq organi va mutaxassis oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shaxsning mutaxassis sifatida ishtirok etishi uning guvoh sifatida aynan shu holatlar yuzasidan soʻroq qilinishi imkoniyatini istisno etmaydi.