Soliq organlarining yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini nazarda tutuvchi qarorlari boʻyicha moliyaviy sanksiyalar summalarini undirish soliq organlari tomonidan ushbu Kodeksning 120 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Soliq organlarining arizasiga koʻra yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar undirish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudlarning moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarorlarini ijro etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.