Soliq kodeksi 182-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma

Soliq toʻlovchilar soliq organlarini kalendar yilda oʻzlari tuzgan, ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq toʻlovchi tomonidan oʻzi hisobda turgan joydagi soliq organiga nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yilga oid yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay yuboriladigan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomalarda koʻrsatiladi. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda quyidagi axborot boʻlishi kerak: 1) tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilayotgan kalendar yil; 2) bitimlarning predmeti; 3) bitimlarning ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: a) yuridik shaxsning toʻliq nomi va uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (agar yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq organlarida hisobda tursa); b) yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; v) yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va fuqaroligi; 4) narxlari tartibga solinishi lozim boʻlgan bitimlar boʻyicha daromadlar (xarajatlar) summalarini ajratgan holda nazorat qilinadigan bitimlar boʻyicha olingan daromadlarning summasi va (yoki) qilingan xarajatlarning (koʻrilgan zararning) summasi. Ushbu qismda koʻrsatilgan maʼlumotlar bir turdagi bitimlarning guruhi boʻyicha tayyorlanishi mumkin. Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida taqdim etilgan xabarnomada maʼlumotlarning toʻliq emasligi, ularni toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan noaniqliklar yoki xatolar aniqlanganda aniqlashtirilgan xabarnomani yuborishga haqli. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma soliq organiga belgilangan shakl boʻyicha qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomaning shaklini, shuningde