Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni ushbu Kodeksning 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlashda quyidagi rentabellik koʻrsatkichlaridan foydalanish mumkin: 1) aksiz soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarilgan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan yalpi foydaning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushumga nisbati sifatida aniqlanadigan yalpi rentabellik; 2) yalpi foydaning sotilgan tovarlar (xizmatlar) tannarxiga nisbati sifatida aniqlanadigan xarajatlarning yalpi rentabelligi; 3) aksiz soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarilgan, asosiy faoliyatdan olingan foydaning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati sifatida aniqlanadigan sotish rentabelligi; 4) asosiy faoliyatdan olingan foydaning realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi, realizatsiya qilish xarajatlari va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq maʼmuriy xarajatlarning summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan xarajatlar rentabelligi; 5) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan yalpi foydaning realizatsiya qilishga doir xarajatlarga va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan maʼmuriy xarajatlarga nisbati sifatida aniqlanadigan realizatsiya qilish boʻyicha xarajatlarning va maʼmuriy xarajatlarning rentabelligi; 6) asosiy faoliyatdan olingan foydaning tahlil qilinadigan bitimda bevosita yoki bilvosita foydalaniladigan aktivlarning (muomalada boʻlmagan va muomalada boʻlgan) joriy bozor qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan aktivlar rentabelligi. Aktivlarning joriy bozor qiymati toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda aktivlar rentabelligi moliyaviy hisobotning maʼlumotlari asosida aniqlanishi mumkin. Rentabellik va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlar ushbu bobning maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari uchun Oʻzbekiston