Soliq kodeksi 188-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli

Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli nazorat qilinadigan bitimdagi tovarlar (xizmatlar) narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini nazorat qilinadigan bitim narxini ushbu moddaning ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor narxlari oraligʻi bilan taqqoslash asosida aniqlashni nazarda tutadi. Agar nazorat qilinadigan bitimga nisbatan aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) bilan tuzilgan faqat bitta taqqoslanadigan bitim haqidagi axborot mavjud boʻlsa, taqqoslanadigan bitimning narxi, basharti ushbu nazorat qilinadigan hamda taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlari toʻliq taqqoslansa, bir vaqtning oʻzida bozor narxlari oraligʻining eng kam va eng koʻp koʻrsatkichlari deb eʼtirof etilishi mumkin. Mazkur qoida nazorat qilinadigan va taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlari toʻliq taqqoslanishini tegishli tuzatishlar bilan taʼminlash mumkin boʻlgan taqdirda ham qoʻllanilishi mumkin. Agar taqqoslanadigan bitimdagi tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi ushbu tovarlar (xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallagan boʻlsa, ushbu qismda nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanilmaydi. Bir xil (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) predmeti boʻlgan bir nechta taqqoslanadigan bitim (shu jumladan soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan bitimlari) toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlganda, bozor narxlari oraligʻi quyidagi tartibda aniqlanadi. Dastlab taqqoslanadigan bitimlarda qoʻllanilgan, bozor narxlari oraligʻini aniqlash uchun foydalaniladigan narxlar majmui ushbu oraliqni aniqlash uchun foydalaniladigan tanlamani hosil qilgan holda oʻsib borish tarzida tartibga solinadi. Bunda narxning har bir koʻrsatkichiga, eng kam miqdoridan boshlab oʻz tartib raqami beriladi. Agar tanlama narxning ikki va undan ortiq bir xil qiymatini oʻz ichiga olgan boʻlsa, unga barcha shunday koʻrsatkichlar kiritiladi. Bozor narxlari oraligʻini aniqlashda nazorat qilinadigan bitimning narxi hisobga olinmaydi. So