Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning soliq toʻlovchi tomonidan bajarilishini tekshirish ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Agar soliq toʻlovchi oʻzi tuzgan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning barcha shartlariga rioya qilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi mazkur bitimda narxlari (narxlarni aniqlash usullari) kelishilgan nazorat qilinadigan bitimlarga nisbatan soliqlarning, penyalarning yoki jarimalarning qoʻshimcha hisoblanishini yoxud zarar summalarini kamaytirishni nazarda tutadigan qarorni qabul qilishga haqli emas.