Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar boʻlmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik, — mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan soliq summasini budjetga toʻlashi shart.