Ushbu Kodeksning 134-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotnomani (koʻchirmalarni) bank tomonidan soliq organiga taqdim etmaslik, shuningdek maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni) belgilangan muddatni buzgan holda yoki notoʻgʻri maʼlumotlar boʻlgan maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni) taqdim etish, — ikki million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
IX BOʻLIM. SOLIQ ORGANLARINING HUJJATLARI VA ULAR MANSABDOR SHAXSLARINING HARAKATLARI (HARAKATSIZLIGI) USTIDAN SHIKOYAT BERISH
30-bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi