Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi): 1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard soʻmdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; 3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, shuningdek chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar, agar bunday tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston Respublikasi eʼtirof etilsa; 4) faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari; 5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi; 6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq majburiyatlari ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda soliq agentlari tomonidan bajariladi. Quyidagilar soliq toʻlovchilar deb hisoblanmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi qismi 6-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno: 1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qar