Soliq kodeksi 241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, basharti bunday xizmatlarning xaridori Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, Oʻzbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi. Agar xizmatlarning xaridori Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxsni (uning filiallarini yoki vakolatxonalarini) yoki jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish asosida haqiqatda hozir boʻlsa, mazkur hudud xaridorning faoliyatni amalga oshirish joyi deb eʼtirof etiladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan taqdirda, xaridorning Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda hozir boʻlishi yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan joy yoki uni boshqarish joyi, uning doimiy muassasasi joylashgan yer (agar xizmatlar ushbu doimiy muassasa orqali olingan boʻlsa), jismoniy shaxsning yashash joyi asosida belgilanadi. Quyidagi hollarda ham Oʻzbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi, agar: 1) xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan koʻchmas mol-mulk bilan bevosita bogʻliq boʻlsa. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, arxitektura loyihasini ishlab chiqish, qurilish faoliyatini tayyorlash va muvofiqlashtirish, arxitektura va qurilish faoliyati ustidan mualliflik va (yoki) texnik nazorat bilan bogʻliq boʻlgan qurilish, montaj qilish, qurilish-montaj xizmatlari, koʻchmas mol-mulkka doir ishga tushirish-sozlash, taʼmirlash, restavratsiya qilish ishlari, koʻkalamzorlashtirish ishlari, shuningdek koʻchmas mol-mulkni ijaraga berish kiradi; 2) xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlgan koʻchar mol-mulk bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, bundan transport vositalarini ijaraga berish mustasno. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, koʻchar mol-mulkni montaj qilish, sozlash, yigʻish, ishlov berish, qayta ishlash, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish, saqlash kiradi; 3) umumiy ovqatlanish, koʻngilochar, dam olish va boshqa shunga oʻxshash xizmatlar,