Quyidagi moliyaviy xizmatlar soliq solishdan ozod etiladi: 1) bank operatsiyalari, bundan qiymati qatʼiy summada belgilangan xizmatlar mustasno, xususan: yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini omonatlarga jalb etish; yuridik va jismoniy shaxslarning jalb etilgan pul mablagʻlarini banklar nomidan hamda ularning hisobidan joylashtirish; yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank kartalari boʻyicha hisob-kitoblar uchun xizmat qiluvchi bank hisobvaraqlarini yuritish, shuningdek bank kartalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq operatsiyalar; yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirigʻiga koʻra ularning bank hisobvaraqlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish; yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlarini bank kassalari yoki maxsus asbob-uskunalar (bankomat, avtomatik depozit mashinalar va hokazo) orqali koʻrsatish; chet el valyutasining naqd puldagi va naqd pulsiz oldi-sotdisi (shu jumladan chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalariga doir vositachilik xizmatlari koʻrsatish); bank kafolatlarini bajarish (bank kafolati boʻyicha toʻlov); majburiyatlarning pul shaklida bajarilishini nazarda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun kafillik berish; akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar va toʻlovlar; toʻlov tizimlari, dasturlaridan va uskunalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni (toʻlovlarni) amalga oshirish; 2) hisob-kitoblar ishtirokchilari oʻrtasida axborot va texnologik hamkorlikni, shu jumladan hisob-kitoblar ishtirokchilariga bank kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha axborotni toʻplash, unga ishlov berish va uni taqdim etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar; 3) yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini, kooperativlarning pay fondlaridagi va investitsiya pay jamgʻarmalaridagi paylarni, qimmatli qogʻozlarni hamda hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilish, bund