Soliq kodeksi 25-modda. Vakolatli organlar

Quyidagilar vakolatli organlardir: soliq organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari; bojxona organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent — AERO” maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari; yigʻimlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar.