Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mol-mulki ijaraga berilganda, davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha vakolatli organ soliq agenti deb eʼtirof etiladi. Bunday hollarda soliq bazasi bunday mol-mulkning soliq hisobga olingan holdagi ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovi miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat mol-mulki realizatsiya qilinganda (berilganda) soliq bazasi soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda ushbu mol-mulkning xaridorlari (uni oluvchilar) soliq agenti deb eʼtirof etiladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslar mustasno. Bunday hollarda soliq bazasi sotib olinayotgan (olinayotgan) davlat mol-mulkining soliq hisobga olinmasdan shartnomada belgilangan qiymati miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida musodara qilingan mol-mulk, sudning qaroriga binoan realizatsiya qilinadigan mol-mulk, egasiz qimmatliklar, xazinalar va sotib olingan qimmatliklar, shuningdek meros olish huquqi asosida davlatga oʻtkazilgan qimmatliklar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu mol-mulkni (qimmatliklarni) aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliqni hisobga olgan holda realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi sifatida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda ushbu mol-mulkni realizatsiya qilishni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organ, tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor soliq agenti deb eʼtirof etiladi. Soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan har bir operatsiyani amalga oshirish chogʻida soliq agentlari tomonidan alohida aniqlanadi. Ushbu moddaga muvofiq soliq agenti deb eʼtirof etiladigan shaxslar soliq toʻlovchidan tegishli soliq summasini, u soliq toʻlovchi ekanligidan yoki soliq toʻlovchi emasligidan qatʼi nazar, hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi va budjetga toʻlashi shart. Ushbu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 243-moddasi birinch