Soliq kodeksi 266-modda. Toʻlangan soliq summalarini hisobga olish

Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini aniqlashda, agar ushbu Kodeksning 267-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish orqali ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga, quyidagi shartlarni bir vaqtda bajargan taqdirda, haqli boʻladi: 1) soliq toʻlovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyatini amalga oshirish chogʻida tovarlardan (xizmatlardan), foydalanilganda realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi, shu jumladan nol stavka boʻyicha soliq solinishi lozim boʻlganda; 2) olingan tovarlarga (xizmatlarga) soliq toʻlovchi tomonidan hisobvaraq-faktura yoki yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan soliq summasi alohida ajratib koʻrsatilgan boshqa hujjat olinganda hamda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganda; 3) tovarlar olib kirilgan (import qilingan) taqdirda soliq budjetga toʻlanganda; 4) ushbu Kodeksning 255 , 256 va 266¹-moddalarida nazarda tutilgan hollarda soliq budjetga toʻlanganda; 5) nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma mavjud boʻlsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish aylanmasi maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) soliq tovarlar eksportidan soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Aga