Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobidan hisobga olinadi. Soliq toʻlovchi oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega boʻladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra, soliq organi soliq summasining oʻrnini toʻliq yoki qisman qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq toʻlovchiga soliq hisobotini taqdim etishda soliq summasini qaytarish haqida soliq organlari xabardor qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qaytariladi. Soliqning jami summasi oʻrnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini xabardor qilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllaniladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining yirik soliq toʻlovchilar toifasiga belgilangan tartibda kiritilgan yuridik shaxslariga; 2) soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini ushbu Kodeksning 107 yoki 109-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq toʻlovchilarga; 3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan boʻlsa, nol darajali soliq stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan soliqning oshib ketgan summalari qismida; 4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga; 5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa; 6) soliq monitoringi ishtirokchilariga; 7) Tadbirkorlik subyektlari yuqori barqarorlik reytingining “AAA” toifasidagi tadbirkorlik su