Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda jahon Internet axborot tarmogʻidan (bundan buyon matnda Internet tarmogʻi deb yuritiladi) avtomatik usulda foydalanish orqali koʻrsatilgan xizmatlar elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga kiradi. Xususan, bunday xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) dasturiy taʼminotdan (shu jumladan Internet tarmogʻi orqali yetkazib beriladigan oʻyinlardan), shuningdek maʼlumotlar bazalaridan, ularga kiritiladigan yangi maʼlumotlardan va qoʻshimcha funksional imkoniyatlardan Internet tarmogʻi orqali, shu jumladan ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yoʻli bilan foydalanishga boʻlgan huquqlarni taqdim etish; 2) elektron kitoblardan (nashrlardan) va boshqa elektron nashrlardan, axborot, taʼlimga oid materiallardan, grafik tasvirlardan, matnli yoki matnsiz musiqa asarlaridan, audiovizual asarlardan foydalanish huquqini Internet tarmogʻi orqali, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali koʻrib chiqish yoki eshitish uchun ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yoʻli bilan taqdim etish; 3) Internet tarmogʻida, shu jumladan elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlardan va Internet tarmogʻida ishlab turgan maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda reklamaga oid xizmatlar koʻrsatish, shuningdek Internet tarmogʻida reklama uchun reklamaga oid maydon (joy) va vaqt berish; 4) Internet tarmogʻida tovarlarni (xizmatlarni) va mulkiy huquqlarni olish (realizatsiya qilish) toʻgʻrisida takliflar joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish; 5) Internet tarmogʻi orqali sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida aloqalar oʻrnatish va bitimlar tuzish uchun axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan texnik, tashkiliy, axborot imkoniyatlarini hamda boshqa imkoniyatlarni berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, Internet tarmogʻida real vaqt rejimida ishlaydigan savdo maydonchasini berish kiradi, bu maydonda potensial xaridorlar avtoma