Soliq kodeksi 297-modda. Umumiy qoidalar

Jami daromad yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir. Jami daromad, agar ushbu Kodeksning 299-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini inobatga olmagan holda aniqlanadi. Ushbu boʻlim maqsadida jami daromadga (bundan buyon ushbu boʻlimda daromad deb yuritiladi) har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim boʻlgan daromadlar (bundan buyon matnda olingan daromadlar deb yuritiladi), xususan, quyidagi daromadlar kiradi: 1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad; 2) kredit (qarz, mikrokredit va boshqa moliyaviy operatsiyalar) boʻyicha mukofot tarzidagi daromad; 3) sugʻurta, qayta sugʻurta tashkilotining sugʻurta, qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha daromadi; 5) qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha ushbu Kodeksning 327 — 329-moddalariga muvofiq olingan daromad; 6) amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning ushbu Kodeksning 298-moddasiga muvofiq chiqib ketishidan olingan daromad; 7) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-mulkni berish boʻyicha pul mukofoti tarzidagi daromad; 8) mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno; 9) royalti; 10) ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar); 11) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromad; 12) qonunchilikda belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad, bundan ushbu Kodeksning 317-moddasig a muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno; 13) ushbu Kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyich