Soliq kodeksi 307-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari

Soliq toʻlovchining tovarlar ishlab chiqarishda (xizmatlar koʻrsatishda) yoki maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi oʻn ikki oydan ortiq vaqt) mobaynida foydalaniladigan intellektual faoliyat natijalari va boshqa intellektual mulk obyektlari (ularga boʻlgan mutlaq huquqlar) soliq solish maqsadlarida nomoddiy aktivlar deb eʼtirof etiladi. Nomoddiy aktivlar jumlasiga, xususan, basharti soliq toʻlovchi ushbu aktivlarga nisbatan mutlaq huquqlarga ega boʻlsa, ushbu Kodeks 44-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan aktivlar kiradi. Nomoddiy aktivni tan olish uchun quyidagilar zarur: soliq toʻlovchiga iqtisodiy naf (daromad) olib kelish imkoniyatining mavjudligi; nomoddiy aktivning oʻzi mavjudligini va (yoki) soliq toʻlovchida intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan mutlaq huquq mavjud ekanligini tasdiqlovchi lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarning (shu jumladan patentlar, guvohnomalarning, boshqa muhofaza hujjatlarining, patentdan, tovar belgisidan oʻzganing foydasiga voz kechishga (uni olishga) doir shartnomaning) mavjudligi. Nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash patentning, guvohnomaning amal qilish muddatidan va (yoki) intellektual mulk obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq foydalanish muddatlariga doir boshqa cheklovlardan kelib chiqqan holda yoxud nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanishning tegishli shartnomalarda shartlashilgan muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya har oyda soliq toʻlovchi tomonidan ularning boshlangʻich qiymatidan va bunday nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatidan, biroq soliq toʻlovchining faoliyati muddatidan koʻp boʻlmagan muddatdan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilingan normalar boʻyicha hisoblanadi. Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin boʻlmagan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya normalari besh yil