Soliq kodeksi 310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar boʻyicha xarajatlar

Soliq toʻlovchining qarz majburiyatlari (kreditlar, tovar va tijorat kreditlari, qarzlar, bank omonatlari, bank hisobvaraqlari yoki rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar, boshqa jalb qilingan mablagʻlar) boʻyicha foizlar tarzidagi xarajatlari ushbu Kodeksning VI boʻlimida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, haqiqiy stavkadan kelib chiqib, chegirib tashlanadi. Yuridik shaxsning nazorat qilinadigan qarzi bilan bogʻliq xarajatlari ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari hisobga olingan holda, ushbu moddada belgilangan eng koʻp qiymatlardan oshmaydigan miqdorda chegirib tashlanadi. Mazkur qoida quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi: 1) qarz mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlarga; 2) neustoykalarning (jarimalar, penyalarning) summalari, javobgarlikning boshqa choralari qoʻllanilganligi natijasida, shu jumladan shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun zararlarning oʻrnini qoplash natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan summalarga. Ushbu modda maqsadlarida yuridik shaxsning quyidagi qarzlari nazorat qilinadigan qarzlar deb eʼtirof etiladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlmagan, mazkur soliq toʻlovchi aksiyalarining (ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) paylar, ulushlarning) 20 foizidan ortigʻiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxs oldidagi qarzi; 2) ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan chet ellik shaxsning oʻzaro bogʻliq shaxsi deb eʼtirof etiladigan boshqa shaxs oldidagi qarzi; 3) ushbu qismning 1 va (yoki) 2-bandlarida koʻrsatilgan shaxslar oldida kafillik qiluvchi, kafil sifatida ish yurituvchi shaxs yoki ushbu soliq toʻlovchining ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan qarzini toʻlashni taʼminlash yuzasidan majburiyatni boshqacha tarzda oʻz zimmasiga oladigan boshqa shaxs oldidagi qarz. Nazorat qilinadigan qarz soliq davridagi quyidagi qarzlarning jami summalarini oʻz ichiga oladi: qarz mablagʻlari boʻyicha; javobgarlikning bos