Soliq kodeksi 316-modda. Kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxirani shakllantirish xarajatlari

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxira tashkil etishga haqli. Bunday zaxirani shakllantirishga doir ajratmalar ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda chegirmalar jumlasiga kiritiladi. Soliq toʻlovchi bunday zaxirani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni mustaqil ravishda qabul qiladi va soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatida ajratmalarning eng yuqori miqdorini aniqlaydi. Zaxira xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq kafolatli muddat davomida xizmat koʻrsatish va taʼmirlash nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tashkil etiladi. Mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish sanasidagi zaxiraga ajratmalar summasi xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Tashkil etilgan zaxiraning miqdori kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur tovarlarni (xizmatlarni) oʻtgan uch yil davomida realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmidagi ulushi sifatida aniqlanadigan, hisobot (soliq) davrida mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga koʻpaytirilgan eng koʻp miqdordan oshmasligi kerak. Agar soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli taʼmirlashni va xizmat koʻrsatishni bajarish sharti bilan realizatsiya qilishni uch yildan kam muddatda amalga oshirayotgan boʻlsa, tashkil etilayotgan zaxiraning eng koʻp miqdorini hisob-kitob qilish uchun mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning bunday realizatsiya qilishning haqiqiy davridagi hajmi inobatga olinadi. Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish sharti bilan amalga oshirmagan soliq toʻlovchi mazkur chiqimlar uchun kutilayotgan xarajatlarning miqdoridan oshmaydigan miqdordagi zaxirani tashkil etishga haqli. Kutilayotgan xarajatlar deganda kafolat muddati inobatga