Soliq kodeksi 341-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi

Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlari summalarini, shuningdek soliq summalarini toʻlashni, shunday guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda, mazkur summalarni ushbu guruhning va ular alohida boʻlinmalarining ishtirokchilari boʻyicha taqsimlamasdan amalga oshiradi. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha soliq hisoboti soliq organiga ushbu Kodeks 339-moddasining beshinchi qismida belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining qolgan ishtirokchilari oʻzi hisobda turgan joydagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etmaydi. Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari ushbu guruhning konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydigan daromadlarni olsa, ular oʻzi hisobda turgan joydagi soliq organlariga soliqning faqat ushbu daromadlarga nisbatan hisoblab chiqarilgan qismi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etadi. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliq hisoboti shu guruhning masʼul ishtirokchisi tomonidan soliq hisobi maʼlumotlari hamda umuman soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha konsolidatsiyalashgan soliq bazasi asosida faqat konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga nisbatan soliqni hisoblab chiqarish qismi boʻyicha tuziladi. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan ushbu guruh faoliyat koʻrsata boshlagan soliq davrining birinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlarining summasi shu guruh barcha ishtirokchilarining ushbu guruh tuzilishidan oldingi soliq davrining uchinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovlari summasi sifatida aniqlanadi. Agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma soliq