Soliq kodeksi 351-modda. Umumiy qoidalar

Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan olinadigan soliq norezidentga daromad toʻlovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi. Soliqning ushlab qolinishi soliq toʻlovchining daromadlaridan bunday daromadlarning har bir toʻlovi paytida amalga oshiriladi. Bunday daromadlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan olingan dividendlar; 2) Oʻzbekiston Respublikasining qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar, shu jumladan chiqarish va muomalada boʻlish shartlarida foizlar koʻrinishidagi daromadlarni olish nazarda tutilgan davlat qimmatli qogʻozlari. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlarga soliq solinmaydi; 3) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan va yakka tartibdagi tadbirkorlaridan olingan har qanday turdagi qarz majburiyatlari (shuningdek foydada ishtirok etish huquqini beruvchi obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar) boʻyicha foizlar; 4) har qanday nomoddiy aktivdan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish yoki foydalanish huquqini berish uchun royalti; 5) quyidagilar realizatsiya qilinganda olinadigan daromadlar: a) aksiyalar (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan aksiyalar mustasno), Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi (paylar); b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulk; v) mulk majmuasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxona; g) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan investitsiya pay fondlarining investitsiya paylari. Bunday daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 356-moddasida belgilanadi; 6) norezidentga tegishli boʻlgan va